Загрузи резюме, чтобы видеть мэтчи с вакансиейЗагрузи резюме, чтобы видеть мэтч с вакой
подготовься к отклику
ai-инструменты
Чтобы адаптировать резюме под вакансию или составить сопроводительное письмо, загрузи резюме
описание
ASKO - O’zbekistonda avtoshina, akkumulyator va disk sotuvi bo’yicha birinchi va eng yirik riteyl. Kompaniya 2021-yilda tashkil topgan va qisqa vaqt ichida bozorda yetakchi o’ringa chiqdi. ASKO shina, disk va akkumulyatorlarni tarmoqli do’konlar orqali sotadi. O’zbekiston bo’ylab 85 ta savdo do’konimiz bor va jamoamizda 450 dan ortiq xodim ishlaydi. ASKO shunchaki savdo tarmog’i emas. Biz mijozni markazga qo’yamiz, uzoq muddatli munosabatlar quramiz va avtoshina hamda akkumulyatorlar sohasida xalqaro yetakchiga aylanishni maqsad qilganmiz.
задачи
14 ta hududiy Instagram va Telegram sahifalari hamda ASKO Uzbekistan asosiy sahifasining organik o’sishini ta’minlash: obunachilar, qamrov, faollik va organik trafikni muntazam oshirish.
Ijtimoiy tarmoqlarda mijozlar bilan kommunikatsiyani boshqarish: barcha izohlarga o’z vaqtida, original va professional javob berish, mijoz mamnunligini birinchi o’ringa qo’yish va birorta ham izohni javobsiz qoldirmaslik.
Blogerlarga tayanmasdan original kontent tayyorlash orqali tabiiy lidlarni jalb qilish va ko’paytirish. Qayta xarid qilgan mijozlar bilan video kontent tayyorlab, ular orqali yangi mijozlarni jalb qilish.
Target, Google Ads va Telegram Ads reklama kampaniyalarini boshqarish: lidlar sifati, CPL, byudjet va reklama samaradorligini tahlil qilish va optimallashtirish.
Inflyuenserlar bilan ishlash: tanlash, muzokara olib borish, hamkorlikni tashkil etish va natijalarni tahlil qilish.
SMM jamoasini boshqarish: vazifalarni taqsimlash, ijroni nazorat qilish va jamoa samaradorligini ta’minlash.
Marketing byudjetini shakllantirish, Plan/Fakt tahlilini yuritish, byudjet ijrosi bo’yicha hisobot va himoyalarni tayyorlash.
Haftalik, oylik va yillik SMM/marketing metrikalari bo’yicha hisobotlar tayyorlash va natijalar asosida takliflar ishlab chiqish.
Offline marketing bo’limi bilan hamkorlik qilish, hududlarda yangi filiallar ochilishi uchun reklama kampaniyalarini tashkil etish.
Rahbariyat bergan boshqa og’zaki va yozma topshiriqlarni o’z vaqtida va sifatli bajarish.
требования
Digital marketing sohasida kamida 2 yillik tajriba
Jamoa boshqaruvida tajriba (vazifa taqsimlash, nazorat, natija uchun javobgarlik) - 3 yillik, umumiy marketing soxasida esa: 3-6 yil tajriba bo'lishi kerak
Meta Ads (Instagram, Facebook), Google Ads va Telegram Ads’da kampaniyalarni mustaqil sozlash, ishga tushirish va optimallashtirish
Asosiy marketing metrikalarini tushunish va ular bilan ishlash: CPL, CTR, CPC, ROI, konversiya
Google Analytics va reklama kabinetlari ma’lumotlari asosida qaror qabul qilish
SMM strategiyasi va kontent-reja tuzish, organik o’sishni ta’minlay olish
Kontent strategiyasi va matn yozish, tahrirlash ko’nikmasi
Marketing byudjetini rejalashtirish va Plan/Fakt bo’yicha nazorat qilish
Inflyuenserlar bilan muzokara olib borish va hamkorlik natijasini o’lchash
Raqamlar bilan ishlash, tahliliy fikrlash va natijani rahbariyat oldida himoya qila olish
Yuqori mas’uliyat va natijaga yo’naltirilganlik
Будет плюсом: Riteyl sohasidagi tajriba afzallik hisoblanadi; AI vositalaridan oqilona foydalana olish afzallik hisoblanadi: shunchaki chatda savol-javob qilish emas, balki kontent tayyorlash, reklama tahlili, hisobot va jarayonlarni avtomatlashtirishda real ishlatish
условия
Moddiy yordam tizimi
Korporativ SIM karta va noutbuk
Bepul va mazali tushlik
Real maqsadlarga qo’yilgan KPI va qo’shimcha daromad imkoniyati
Kompaniya rahbariyati board’iga kirish imkoniyati: strategik sessiyalarda qatnashish va CMO ko’magida strategiyani o’zingiz tuzish
Ikki hayitda va ta’sischi tashabbusi bilan oziq-ovqat to’plami
Har dushanba AI bo’yicha amaliy dars: o’z qo’lingiz bilan shaxsiy AI agent yaratish imkoniyati
Mehnat ta’tili
Rasmiy ishga joylashtirish
Xizmat safari xarajatlari to’lab beriladi
G’oyangiz bo’lsa, uni ochiq maydonda loyiha sifatida sinab ko’rish imkoniyati